«Mahalliy mebel sanoatining yetakchisi»
«Fayz» xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida mebel, shuningdek, mebel va yog‘ochga ishlov berish uchun xomashyo hamda butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yetakchi tarmoqni tashkil etuvchi ishlab chiqarish birligidir. Kompaniya 30 yillik rivojlanish tarixiga ega. Kompaniya tarkibiga 26 ta korxona kiradi, ularning 17 tasi ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, shundan 10 tasi xorijiy sarmoya ishtirokida (Jahon banki, Vengriya, Malayziya, Germaniya, BAA, Sloveniya, Italiya, Janubiy Koreya ishtirokida) tashkil etilgan.
Kompaniyaning muhandis va ishchi xodimlari 1600 nafardan ortiq kishini tashkil etib, ular yuksak kasbiy ma’lumot darajasi va mahoratga egadirlar. Kompaniya Germaniyada ishlab chiqarilgan so‘nggi avlod yog‘ochga ishlov berish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, buning sharofati bilan ishlab chiqarilayotgan mebel mahsulotlari o‘z sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon standartlariga mos keladi. Bugungi kunda kompaniya nafaqat mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, balki Perm DSPsi asosidagi laminatlangan plitalar, sintetik shpon, turli zichlikdagi porolon, stol usti va deraza tokchalari, yelimlangan qirra lentalari, MDF fasadlari, har qanday o‘lchamdagi ortopedik va porolon matraslar kabi tijoriy mahsulotlarni ham ishlab chiqaradi. Bir so‘z bilan aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bo‘lgan mebel korxonalarini o‘z ishlab chiqarish faoliyatida moddiy resurslar bilan ta’minlash uchun moddiy-texnik baza yaratilgan. Kompaniya ISO 9001-2002 xalqaro sertifikatiga ega.