“Farovon” Mas’uliyati cheklangan jamiyati ISHLAB CHIQARISH-SAVDO KOMPANIYASI 1988-yilda tashkil etilgan.
Kompaniya o‘zgaruvchan jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqarish texnologiyalarini doimiy takomillashtirib boradi. Spirtli ichimliklarning barcha turlari eng ilg‘or texnologiyalar asosida tayyorlanadi va xomashyo sifatida faqat yuqori sifatli tarkibiy qismlardan foydalaniladi. Bugungi kunda “Farovon” — bu Italiya, Germaniya, Shveysariyaning yetakchi xorijiy firmalariga tegishli, mahsulotlarni quyish va bezash uchun mo‘ljallangan yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish sexlaridir. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 700 000 dekalitrni tashkil etadi. Korxonada ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida sifat nazoratini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish-texnologik laboratoriyasi mavjud.
“Farovon” MChJ ISHLAB CHIQARISH-SAVDO KOMPANIYASI o‘z mahsulotlarini doimiy ravishda takomillashtirib boradi. Kompaniya xodimlari ishlab chiqarish, logistika, savdo, moliya menejmenti, marketing va huquqshunoslik sohalarining professional mutaxassislaridir. Korxona o‘z sohasidagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi.