«XON» kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 1993-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.
Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari – ofis texnikasiga servis xizmati ko‘rsatish hamda bosma qurilmalar (Canon, Sharp, Samsung, HP, Epson, Konica, Xerox printerlari va nusxalash apparatlari) uchun sarflov materiallarini (tonerlar, kartridjlar, fotobarabanlar, rakellar va h.k.) ulgurji sotishdan iborat.
«XON» kompaniyasi o‘z mijozlariga orgtexnika uchun eng sifatli sarflov materiallarini, keng mahsulot turini, hamyonbop narxlarni, shuningdek, ofis texnikasini ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar xizmatlarini taklif etadi. Tovarlar ishlab chiqaruvchilarning Germaniya, Koreya, Xitoy, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa mamlakatlardagi omborlaridan eng qisqa muddatlarda yetkazib beriladi.
Mas’uliyatli va ishonchli hamkor sifatidagi nufuzi «XON» XKni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Milliy banki, Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi kabi tashkilotlar hamda O‘zbekistonning turli shahar va viloyatlaridagi ko‘plab boshqa davlat idoralari, servis markazlari, xususiy korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan jiddiy hamkorlik o‘rnatishiga zamin yaratdi.