Minovarov Saidbobir
Shamsan Hotel'ni tashkil etar ekanman, faqatgina zamonaviy mehmonxona barpo etishnigina hohlamadim. Men uchun eng muhim narsa — ostonadan qadam qo'ygan har bir inson haqiqiy o'zbekona mehmondo'stlikni his qiladigan maskan yaratish edi.
O'zbekiston azaldan insonlarining ochiqko'ngilligi, mehmonga bo'lgan hurmati va boy madaniyati bilan mashhur. Men ana shu qadriyatlar zamonaviy xizmat ko'rsatish darajasi bilan uyg'unlashishini istardim. Shuning uchun Shamsan — bu naafat qulay xonalar yoki sifatli infratuzilma emas. Bu, avvalo, insonga bo'lgan munosabat. Biz har bir mehmon o'zini bu yerda kerakli va qadrli inson deya his qilishini xohlaymiz.
Bugungi kunda sayyoh dunyoning deyarli istalgan nuqtasida istalgan mehmonxonani tanlashi mumkin. Faqat arxitektura yoki interyer bilan raqobatlashishning o'zi endi yetarli emas. Chiroyli bino birinchi taassurotni uyg'otadi, yuqori darajadagi servis esa sifatni tasdiqlaydi, ammo inson xotirasida butunlay boshqa narsa qoladi — samimiy, insoniy munosabat.
Faoliyatim davomida bunga bir necha bor ishonch hosil qildim. Mehmonlar bir necha yil o'tib, endi oilalari bilan birga qayta kelib, bu yerda o'zlarini uydagidek his qilganlarini aytgan paytlari men uchun eng qadrli lahzalar bo'lib qoldi. Ana shunda mehmonxona biznesidagi faoliyat shunchaki obyektni boshqarish emasligini tushunasan. Bu — insonlarning ishonchi uchun mas'uliyatdir.
Men obro'-e'tibor har qanday qisqa muddatli foydadan qimmatroq ekanligiga ishonchim komil. Har qanday sharoitda voz kechib bo'lmaydigan tamoyillar bor, bular: halollik, sifat va insonga bo'lgan hurmat. Ishonch yillar davomida shakllanadi, ammo uni atigi bir kunda yo'qotish mumkin.
So'nggi yillarda sayyohning o'zi ham o'zgardi. Bugun mehmonlar ancha talabchan bo'lib qolgan. Ular qulaylik, xavfsizlik, raqamli texnologiyalar, tafsilotlarga e'tibor va individual yondashuvni yuqori baholaydilar. Shuning uchun biz xizmat ko'rsatish standartlarini doimiy ravishda takomillashtirib boramiz, zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etamiz, xodimlarni o'qitishga sarmoya kiritamiz va mehmondo'stlik industriyasidagi jahon tendensiyalarini diqqat bilan kuzatib boramiz.
Ammo hech qanday texnologiya inson o'rnini bosa olmaydi.
Chiroyli bino qurish kuchli jamoa shakllantirishdan ancha yengil. Kompaniya qadriyatlarini chin dildan qabul qiladigan va mehmonlarga g'amxo'rlik qilishni anglaydigan jamoa yillar davomida shakllanadi. Men uchun kasbiy ko'nikmalar juda muhim, ammo insonning shaxsiy fazilatlari undan ham muhimroq. O'z ishiga muhabbat, insonlarga izzat-hurmat va yordam berish istagini hech qanday lavozim yo'riqnomasiga yozib qo'yib bo'lmaydi.
Men xodimlarimga ko'pincha mehmonxona biznesida mayda-chuyda narsalar bo'lmaydi, deyman. Mehmon ichki jarayonlarning mukammal tashkil etilganini sezmasligi mumkin, ammo u osoyishtalik, tozalik, e'tibor va g'amxo'rlik muhitini albatta his qiladi. Aynan shunday tafsilotlar haqiqiy sifatni shakllantiradi.
Bugun mehmonxona biznesi O'zbekistonning rivojida alohida o'rin tutadi. Ko'pincha aynan mehmonxona xorijlik mehmonning mamlakatimiz bilan ilk tanishuviga aylanadi. Agar inson hurmat, qulaylik va yuqori darajadagi xizmatni his qilsa, u nafaqat mehmonxona, balki O'zbekiston haqida ham eng iliq taassurotlarni o'z yurtiga olib ketadi. Shuning uchun har bir yaxshi mehmonxona mamlakatimizning xalqaro imijini yuksaltirishga o'z hissasini qo'shadi.
Kelajak haqida o'ylarkanman, Shamsan Hotel'ning shunchaki muvaffaqiyatli biznes sifatida emas, balki boshqacha qadriyatlar bilan bog'lanishini istayman. Men uchun o'zimdan yaxshi nom, kuchli jamoa va biz haqimizda minnatdorlik bilan xotira qiladigan minglab insonlarni qoldirish eng muhimdir.
Agar bir kun kelib farzandlarim va nabiralarim: «Biz mehmonlarni samimiy hurmat bilan kutib olinadigan, xodimlar qadrlanadigan va o'z mehnatimiz bilan O'zbekiston turizmining rivojiga hissa qo'sha olgan maskan yaratdik», — desalar, demak, barcha qilgan ishlarimiz bekorga ketmagan.
Zero, mehmonxona biznesining haqiqiy qiymati xonalar soni bilan o'lchanmaydi.
«Shamsan Airport Hotel» — Toshkent shahridagi zamonaviy uch yulduzli mehmonxona bo‘lib, xizmat safari bilan kelgan mehmonlar va sayyohlar uchun qulay va shinam yashash sharoitlarini taklif etadi. Mehmonxona Mirobod tumanida, Toshkent xalqaro aeroportiga yaqin joylashgan bo‘lib, mehmonlar uchun qulay transport qatnovini ta’minlaydi.
2023-yilda faoliyatini boshlagan «Shamsan Airport Hotel» mehmonlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda 60 ta jihozlangan zamonaviy, chekish taqiqlangan xonaga ega. Xonalar qulaylik, funksionallik va sifatli xizmatni qadrlaydigan mehmonlar uchun mo‘ljallangan. Mehmonxonaning qulay joylashuvi uni qisqa muddatli to‘xtashlar va xizmat safarlari, shuningdek, Toshkent shahri bilan tanishish uchun ham amaliy tanlovga aylantiradi.
MEHMONXONA «SHAMSAN AIRPORT HOTEL»
«Shamsan Airport Hotel» — Toshkent shahridagi zamonaviy uch yulduzli mehmonxona bo‘lib, xizmat safari bilan kelgan mehmonlar va sayyohlar uchun qulay va shinam yashash sharoitlarini taklif etadi. Mehmonxona Mirobod tumanida, Toshkent xalqaro aeroportiga yaqin joylashgan bo‘lib, mehmonlar uchun qulay transport qatnovini ta’minlaydi.
2023-yilda faoliyatini boshlagan «Shamsan Airport Hotel» mehmonlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda 60 ta jihozlangan zamonaviy, chekish taqiqlangan xonaga ega. Xonalar qulaylik, funksionallik va sifatli xizmatni qadrlaydigan mehmonlar uchun mo‘ljallangan. Mehmonxonaning qulay joylashuvi uni qisqa muddatli to‘xtashlar va xizmat safarlari, shuningdek, Toshkent shahri bilan tanishish uchun ham amaliy tanlovga aylantiradi.
- Manzil
- 100080, Toshkent, Yangi Qo'yliq ko'chasi, 1B
- Telefon
- (+998 ) 78 8889090, (+998) 99 9009090
- Sayt
- www.shamsan.uz