Nurmanov Rustam G'afforovich
Nurmanov Rustam G‘afforovich, 1967-yil 29-mayda Termiz shahrida tug‘ilgan.
Toshkent moliya institutini moliyachi mutaxassisligi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan va iqtisodiyot bo‘yicha magistr darajasini olgan.
O‘n yildan ortiq sug‘urta sohasida faoliyat yuritib kelmoqda, shu jumladan yetti yil O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faxriy o‘qituvchisi, 20 dan ortiq dissertatsiya ishlarining ilmiy rahbari hisoblanadi.
2006-yil noyabr oyidan buyon "KAFIL-SUG‘URTA" sug‘urta kompaniyasining Bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
SUG‘URTA – bu ijtimoiylikning bir ko‘rinishidir. Biz har kuni mol-mulkimiz, sog‘lig‘imiz va farovonligimizni xavf ostiga qo‘yamiz. Sug‘urta shartnomasini imzolash orqali biz nafaqat ertangi kunga ishonch hosil qilamiz, balki ayni damda tasodifdan jabr ko‘rganlarga ham yordam bergan bo‘lamiz. Sug‘urta – bu o‘ziga xos o‘zaro yordam demakdir. Xorijda allaqachon sug‘urtaning majburiy turlari – transport, mulk, sog‘liq sug‘urtasi borligiga ko‘nikib qolishgan. Tariximizda iqtisodiy voqeliklar tufayli sug‘urta instituti amalda barbod bo‘lgan davr ham bo‘lgan va aksariyat odamlardagi ishonchsizlikni tushunsa bo‘ladi. Ammo hozir sug‘urta madaniyatining o‘z-o‘zidan avvalgi darajada qayta tiklanishini kutib o‘tirib bo‘lmaydi. Aholiga ma’lumot yetkazish, reklama qilish, seminarlar o‘tkazish, ya’ni O‘zbekiston hududidagi birorta ham sug‘urta kompaniyasi me’yoriy hujjatlarni buzib, o‘z litsenziyasini tavakkal ostiga qo‘ymasligini tushuntirish zarur. Sug‘urta, shuningdek, tartib-intizomga o‘rgatuvchi vositadir. Sug‘urtalangan transport vositasining egasi mast holda rulga o‘tirishdan yoki yo‘l harakati qoidalarini buzishdan oldin yana bir karra o‘ylab ko‘radi.
2008-YIL 22-OKTYABRDAN boshlab O‘zbekistonda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi. Avtotransport vositasini xarid qilgandan keyin o‘n kun ichida uning egasi uchinchi shaxslar oldidagi o‘z javobgarligini sug‘urtalashi shart bo‘lib, bu javobgarlikni sug‘urta kompaniyasi o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta kompaniyasini tanlash esa avtotransport egasining ixtiyorida qoladi. Majburiy sug‘urta turlari hayotimizga tobora mustahkam kirib kelmoqda…
MUVAFFAQIYAT SIRI-CHI? Nazarimda, u har kim uchun o‘zgacha. Lekin ko‘p va samarali mehnat qilish qobiliyatisiz biror natijaga erishish qiyin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Mening vazifam malakali jamoani yig‘ish va ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdan iborat edi. Biz uddalashimiz kerak bo‘lgan ish hajmi nihoyatda katta edi. Lekin biz buni epladik va kompaniyaning kelajakka mo‘ljallangan rejalari juda ulkan. To‘lovga layoqatlilikni oshirish, kapitallashuv darajasini yuksaltirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida kompaniya o‘z ustav kapitalini oshirmoqda, ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari ko‘lamini kengaytirib, darajasini yuksaltirmoqda, xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslariga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda, respublikaning yirik shaharlarida alohida bo‘linmalar ochmoqda va agentlik tarmog‘ini kengaytirmoqda. Bularning barchasi kompaniyaning ishonchliligini oshirishga imkon beradi va shu tariqa hamkorlar hamda mijozlarning ishonchini mustahkamlaydi.
SUG‘URTA KOMPANIYASI «KAFIL SUG'URTA»
“KAFIL SUG‘URTA” MChJ SK O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan litsenziya asosida umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshiradi. Kompaniyaning asosiy ta’sischilari avtotransport xizmati ko‘rsatish sohasidagi korxonalar hisoblanadi. Sifatli sug‘urta xizmatlari, halollik va yuqori professionallik, har bir mijozga individual yondashuv hamda sug‘urta da’volarini tezkorlik bilan tartibga solish kompaniya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridir. “KAFIL SUG‘URTA” sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi eng yaxshi o‘nta kompaniya qatoridan o‘rin olgan. Uning Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlarda hamda respublikaning yirik shaharlarida filiallari mavjud. Kompaniya 200 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxs bo‘lgan sug‘urta agentlari orqali sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatadi.
Kompaniya sug‘urtaning barcha turlarini, jumladan, quyidagilarni taqdim etadi:
- mol-mulk va avtotransport vositalarini sug‘urtalash;
- baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash;
- qurilish-montaj tavakkalchiliklarini sug‘urtalash;
- yuklarni sug‘urtalash;
- fuqarolik va kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash;
- kreditlar va boshqa moliyaviy tavakkalchiliklarni sug‘urtalash.
Mustahkam obro‘ga ega bo‘lgani sababli “KAFIL SUG‘URTA” MChJ SKga neftni qayta ishlash, paxtani qayta ishlash, kimyo sanoati tarmoqlaridagi yetakchi korxonalar, bir qator bank muassasalari, shuningdek, avtotransport xizmati ko‘rsatish sohasidagi 3 000 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishonch bildiradi. 2007-yil yakunlariga ko‘ra kompaniyaga uzB+ “Maqbul moliyaviy ishonchlilik” darajasidagi ishonchlilik reytingi berilgan. 2008-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha esa uzB++ “Yetarli moliyaviy ishonchlilik” darajasidagi dastlabki ishonchlilik reytingi berildi.
- Manzil
- 100000, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59
- Telefon
- 71 2373326, 71 2375371, 71 2000414
- Sayt
- www.kafil.uz
- info@kafil.uz