Abdujabborov Faxriddin Narimanovich
1975 yil avgust oyida Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1992 yilda o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetiga o‘qishga kirdi.
1997 yilda institutni tamomlagach, jamoat va xalqaro tashkilotlarda, shuningdek davlat muassasalarida ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish yo‘nalishlarida faoliyat yuritdi.
2000 yilda BMT ekspertlarini tayyorlash bo‘yicha xalqaro dastur doirasida «Rivojlanish uchun integratsiyalashgan hududiy rejalashtirish» yo‘nalishini tamomladi.
2000 yildan boshlab mahalliy va xorijiy kompaniyalar uchun marketing boshqaruvi hamda biznes-konsalting sohasida faoliyat olib bordi. 2004 yilda brendlarni rivojlantirish va reklama ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi «Promotion Agents» kompaniyasiga asos soldi.
2008 yilda «AVRORA Human Resources» kompaniyasiga asos soldi.
Maktab yillarimda men kelajakda biznes sohasida professional bo‘lish uchun qaysi mutaxassislikni tanlashim kerakligi haqida ko‘p o‘ylardim. Men ishlagan deyarli barcha tashkilot va kompaniyalarda rahbarlar doim malakali kadrlar yetishmasligi muammosiga duch kelishardi.
Aynan shu fikr meni kadrlar biznesini tubdan o‘rganishga undadi va ishbilarmon hamkorlar bilan birgalikda poytaxtdagi rekruting kompaniyalari hamda kadrlar agentliklari faoliyatini tadqiq etish uchun tashabbuskor guruh tuzildi. Marketing tahlilchisi sifatida men istiqbolda rivojlanadigan kadrlar yo‘nalishlarini aniqlay boshladim. Sotsiologik tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra, servis xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq ko‘plab biznes tuzilmalari uchun bugungi kunda juda muhim bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tanlashga ixtisoslashgan kompaniya tashkil etishga qaror qildik.
Kompaniyamiz 2008-yil oxirida tashkil etilgan. Mana, uchinchi yildirki, faoliyat yuritmoqdamiz va nazarimizda, bu yaxshi ko‘rsatkich. Chunki bozor munosabatlari sharoitida raqobatga bardosh berish hamda biznesni rivojlantirishning to‘g‘ri strategiyasi, taktikasi va dasturini tanlash oson emas. “Avrora” kompaniyasi biznesning turli sohalari uchun oltita asosiy servis yo‘nalishi bo‘yicha xodimlarni tanlaydi va yollaydi. Shuningdek, markazimizda 6 ta yo‘nalish bo‘yicha servis xodimlarini chaqirish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu mehnat resurslarimiz bazasidan keng ko‘lamda foydalanish imkonini beradi. Kompaniyamiz faoliyatining dastlabki bosqichidagi asosiy vazifalardan biri yo‘nalishlar bo‘yicha malakali servis xodimlarini professional darajada tanlash va ularning bazasini shakllantirish bo‘ldi. Bu esa kompaniyamiz faoliyati ko‘rsatkichlarini va uning kelajakdagi rivojlanish dasturini yaxshilashga poydevor bo‘lib xizmat qildi.
“AVRORA HR” kompaniyasi hamkor kompaniyalar bilan birgalikda biznesning turli sohalarida 5 ta servis yo‘nalishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi yagona “UNION 5” brendi ostidagi birlashgan kompaniyalar guruhiga kiradi.
Biror ishga qo‘l ursam, “Keyingi bosqichda nima qilish mumkinligini bilish” tamoyiliga amal qilaman. Qadamlarimni bir necha yurish oldinga hisoblab chiqmagunimcha, ortiqcha harakatlar qilmaslikka harakat qilaman.
MChJ «AVRORA HUMAN RESOURCES»
«AVRORA HUMAN RESOURCES» — xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tanlash va ishga tavsiya etishga ixtisoslashgan kompaniya.
- Uy xo‘jaligi xodimlari: uy xizmatchisi, enaga, tarbiyachi, repetitor, hamshira, uy oshpazi, bog‘bon.
- Maishiy xizmat ko‘rsatish mutaxassislari: elektrik, santexnik, gaz uskunalari bo‘yicha mutaxassis, duradgor, maishiy texnikani ta’mirlash ustasi.
- Yordamchi xizmatlar: uy va ofislarni umumiy tozalash, kimyoviy tozalash, kosmetik ta’mirlash ishlari, kemiruvchilar va hasharotlarga qarshi ishlov berish, maysazorlarni barpo etish va parvarishlash, basseynlarni tozalash.
- Sayyor avtoservis xodimlari: haydovchi, avtomexanik.
- Restoran xodimlari: oshpaz, ofitsiant, idish yuvuvchi.
- Tadbirlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar: model yigit-qizlar, promouterlar, aktyorlar va animatorlar.
«AVRORA HUMAN RESOURCES» xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tanlashda Rossiya Fanlar akademiyasi Amaliy texnologiyalar instituti tomonidan ishlab chiqilgan «Shaxsni tadqiq etishning standartlashtirilgan ko‘p omilli usuli» asosidagi zamonaviy kompleks psixodiagnostik dasturdan foydalanadi. Ushbu metodika nomzodning shaxsiy va psixologik xususiyatlarini har tomonlama baholash hamda lavozimga eng munosib xodimni tanlash imkonini beradi.
Mazkur tadqiqot dasturi buyurtmachi uchun kasbiy va psixologik jihatdan eng maqbul nomzodni aniqlashga xizmat qiladi.
- Manzil
- ...
- Telefon
- ...