«AVRORA HUMAN RESOURCES» — xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tanlash va ishga tavsiya etishga ixtisoslashgan kompaniya.
Uy xo‘jaligi xodimlari: uy xizmatchisi, enaga, tarbiyachi, repetitor, hamshira, uy oshpazi, bog‘bon.
Maishiy xizmat ko‘rsatish mutaxassislari: elektrik, santexnik, gaz uskunalari bo‘yicha mutaxassis, duradgor, maishiy texnikani ta’mirlash ustasi.
Yordamchi xizmatlar: uy va ofislarni umumiy tozalash, kimyoviy tozalash, kosmetik ta’mirlash ishlari, kemiruvchilar va hasharotlarga qarshi ishlov berish, maysazorlarni barpo etish va parvarishlash, basseynlarni tozalash.
Tadbirlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar: model yigit-qizlar, promouterlar, aktyorlar va animatorlar.
«AVRORA HUMAN RESOURCES» xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tanlashda Rossiya Fanlar akademiyasi Amaliy texnologiyalar instituti tomonidan ishlab chiqilgan «Shaxsni tadqiq etishning standartlashtirilgan ko‘p omilli usuli» asosidagi zamonaviy kompleks psixodiagnostik dasturdan foydalanadi. Ushbu metodika nomzodning shaxsiy va psixologik xususiyatlarini har tomonlama baholash hamda lavozimga eng munosib xodimni tanlash imkonini beradi.
Mazkur tadqiqot dasturi buyurtmachi uchun kasbiy va psixologik jihatdan eng maqbul nomzodni aniqlashga xizmat qiladi.