Umurzakova Madina Maratovna
1978 yil avgust oyida Samarqand shahrida tug‘ilgan.
1995 yilda o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish institutiga o‘qishga kirdi.
2002 yilda institutni tamomlagach, turizm sohasida o‘z faoliyatini boshladi.
2004 yilda «MERCURY SERVICE» kompaniyasining hammuassisi va Bosh menejeri bo‘ldi.
INSTITUTNI TAMOMLAGACH, biznes sohasida professional ko‘nikmalar va ish tajribasiga ega bo‘lishga qaror qildim, shu bilan birga tantanali tadbirlarni tashkil etish bilan shug‘ullanish istagim ham bor edi. 2002 yilda poytaxtdagi turagentliklardan birida korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha menejer sifatida mehnat faoliyatimni boshladim. Faoliyatim mahalliy va xalqaro tashkilotlar uchun biznes-seminarlar, konferensiyalar, taqdimotlar, trening dasturlari kabi ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etish yo‘nalishiga qaratilgan edi.
Korporativ tadbirlarni o‘tkazish jarayonida men qiziqarli va noodatiy yechimlarni topardim, qilgan sa’y-harakatlarim behuda ketmadi, chunki ko‘plab biznes mijozlarimiz keyinchalik o‘zlarining oilaviy tantanalarini tashkil etish bo‘yicha shaxsiy murojaatlari bilan ham bizga murojaat qila boshladilar. 2005 yildan 2008 yilgacha bo‘lgan davrda men tantanalar va tadbirlar tashkilotchisi sifatida katta tajriba, bebaho amaliyot hamda mijozlar ishonchiga ega bo‘ldim.
TANTANALAR VA TADBIRLARNI TASHKIL ETISH bo‘yicha kompaniya yaratish g‘oyamni ko‘pchilik tavakkalchilik deb baholadi, ammo ushbu g‘oyani nafaqat qo‘llab-quvvatlagan, balki bizning Event-biznesimizni rivojlantirish dasturini ishlab chiqqan turmush o‘rtog‘imdan minnatdorman.
EVENT-BIZNES — bu ovqatlanish xizmati, transport xizmati, foto va videotasvirga olish, servis xodimlarini tanlash, bezatish, texnik jihozlash, musiqiy va raqs shou-dasturlari kabi ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan butun boshli industriya hisoblanadi. Ya’ni tadbirni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan barcha jarayonlar o‘zaro uyg‘un va hamjihatlikda ishlashi kerak. Mana, 5 yildan buyon kompaniyamiz eng dadil g‘oyalarni amalga oshirib, tantanalarni unutilmas voqealarga aylantirib kelmoqda.
BIZ HARAKAT QILAMIZKI, har bir tantanada eng kichik jihatlargacha e’tibor qaratib, barcha tafsilotlarni oldindan ko‘zda tutaylik va xizmatlarimizdan foydalanuvchilar kutganidan ham ko‘proq taassurotga ega bo‘lsin.
BARCHA INSONLAR TURFADIR, aynan shuning uchun har bir tantananing o‘ziga xos, doimo takrorlanmas ichki mohiyati mavjud bo‘lib, uni aniqlash va amalga oshirish — bizning asosiy vazifamizdir. Shu sababli faoliyatimda quyidagi tamoyillarga amal qilaman:
TANTANANI TASHKIL ETISH masalalari bo‘yicha buyurtmachilar bilan birinchi uchrashuvni o‘zim o‘tkazaman, chunki ularning ma’naviy qadriyatlari va istaklarini tushunish juda muhim. Shundagina bo‘lajak tadbir umumqabul qilingan an’analar va qadriyatlarga mos keladigan tarzda tashkil etilishi mumkin. Faqat shundan keyingina tantanani betakror va unutilmas san’at asariga aylantiradigan eksklyuziv ssenariy rejasini tuzish mumkin. Bir xil ssenariy asosida ishlashga na professional etika, na zamonaviy talablar yo‘l qo‘yadi. Event-industriyada hunarmandchilikka o‘rin yo‘q.
BUGUNGI KUNDA imkoniyatlarimiz har qanday tadbirni haqiqiy voqeaga aylantirish imkonini beradi. Kompaniyamizdagi ijodiy g‘oyalar va zamonaviy texnologiyalar haqiqiy mo‘jizalar yaratishga yordam beradi.
KOMPANIYAMIZDA ko‘plab tadbirlarda foydalaniladigan dekoratsiyalar uchun zarur rekvizitlar va atributlar mavjud bo‘lib, ular teatrlashtirilgan dasturlarni amalga oshirish imkonini beradi. Biz faoliyat yuritayotgan yo‘nalishning qiziqarli tomoni shundaki, u hech qachon to‘xtab qolishga imkon bermaydi, aksincha, doimo yangi va innovatsion g‘oyalarni izlash hamda joriy etishga undaydi.
BIZNING KOMPANIYAMIZ faoliyati «Voqealar yaratish san’ati» tamoyiliga asoslangan. Biz Yevropa standartlari asosida ishlaymiz, g‘arb industriyasining eng yaxshi an’analariga amal qilgan holda, shu bilan birga Sharqona iliqlik, milliy o‘ziga xoslik va O‘zbekiston xalqiga xos samimiylikni saqlab qolamiz.
KOMPANIYASI «MERCURY SERVICE»
«MERCURY SERVICE Events & Travel Management»
«Mercury Service» kompaniyasi 2004-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekistonda Event management va MICE sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri sanaladi. Kompaniyaning professional va o‘z ishiga fidoiy xodimlari ko‘plab mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning ishonchini qozongan. Kompaniya 2009-yili O‘zbekistondagi eng yaxshi Event-kompaniya nominatsiyasida “Yil tanlovi” — “Choice of the Year in Uzbekistan” mukofoti bilan taqdirlangan. Shu vaqt mobaynida 100 dan ortiq tashkilot vakillari uchun ko‘plab tadbirlar va tantanali marosimlar tashkil etilgan.
«Mercury Service» quyidagi tadbirlarni tayyorlaydi va o‘tkazadi:
- konferensiya va seminarlar;
- rasmiy delegatsiyalar va VIP-mehmonlarni kutib olish;
- korporativ bayramlar;
- oilaviy tantanalar.
Ayni paytda kompaniyaning hududiy ofislari mavjud bo‘lib, ular O‘zbekistonning 12 ta viloyatida anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni muvaffaqiyatli tashkil etib kelmoqda.
- Manzil
- Toshkent sh., Xushnavo ko'chasi, 13A
- Telefon
- 71 2357771, 71 2357772
- Sayt
- www.mercuryservice.uz
- info@mercuryservice.uz