AM A’zamov Muzaffar
O‘zbekistonning 100 ta eng muvaffaqiyatli top-menejeri

A’zamov Muzaffar

Uyushmasining raisi, mato.uz asoschisi OʻZBEKISTON ELEKTRON TIJORAT UYUSHMASI
«Meni va boshqalarni baxtli qiladigan ish bilan shug‘ullanaman»

Mening kasbiy faoliyatimni bir maromda kechgan yo‘l deb bo‘lmaydi. Men qurilish sohasida ishladim, o‘n yil armiyada xizmat qildim, PAYNET dilerlik tarmog‘ini rivojlantirdim va inspeksiya kompaniyasining hammuassisi bo‘ldim. Har bir bosqich menga muhim tajriba berdi: armiya intizom va mas’uliyatni, biznes esa mustaqil fikrlashni hamda tadbirkorlarning amaliy ehtiyojlarini anglashni o‘rgatdi. 2015-yilda Mato.uz kompaniyasiga asos soldim, 2018-yildan buyon esa O‘zbekiston Elektron tijorat uyushmasiga rahbarlik qilib kelmoqdaman. Bugungi faoliyatim alohida loyihalarni rivojlantirishdan ko‘ra, butun bozorning samarali rivojlanishi uchun zarur haroitlarni yaratishga ko‘proq qaratilgan.

Ishonchim komilki, kuchli iqtisodiyot alohida muvaffaqiyatli kompaniyalardan emas, balki tushunarli, barqaror va adolatli o‘yin qoidalaridan boshlanadi. Shu sababli Uyushma faqat tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish bilan cheklanmaydi. Biz tizimli muammolarni aniqlaymiz, ularni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaymiz hamda qonunchilikni takomillashtirishda ishtirok etamiz.

So‘nggi yillarda Uyushma elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan davlat qarorlarini tayyorlashda, shuningdek, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonun va Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida ishtirok etdi. Men uchun bu biznes va davlat o‘rtasidagi amaliy muloqot qanday qilib real islohotlarga aylanishi mumkinligining yaqqol namunasidir.

Mening nuqtayi nazarim oddiy: biznesga imtiyozlar emas, balki shaffof, barqaror va barcha uchun bir xil qoidalar kerak. Davlat tadbirkorlarning sarmoya kiritishi, ish o‘rinlari yaratishi va o‘z faoliyatini rivojlantirishi uchun qulay sharoit yaratishi lozim. Raqamlash tirish ham byurokratiyani shunchaki elektron shaklga o‘tkazishdan emas, balki jarayonlarning o‘zini soddalashtirishdan boshlanishi kerak.

Shu bois faoliyatimizning muhim yo‘nalishlaridan biri «Savdo to‘g‘risida»gi yangi qonunni ishlab chiqish tashabbusi bo‘ldi. Bugungi kunda an’anaviy, elektron va transchegaraviy savdo tarqoq me’yorlar asosida tartibga solinmoqda, vaholanki, ularning barchasi

yagona savdo tizimining tarkibiy qismlaridir. Yangi qonun mamlakat savdo siyosatining zamonaviy huquqiy asosiga aylanishi va bozor ishtirokchilari uchun tushunarli qoidalarni belgilashi kerak.

Kelajakda savdoni tartibga solishga doir yagona yondashuvlar Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarini yanada yaqinlashtirishiga ishonaman. Bu tadbirkorlarning qo‘shni bozorlarga chiqishini yengillashtiradi, ma’muriy to‘siqlarni kamaytiradi va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaydi.

Biz Jahon banki, CAREC instituti, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro savdo markazi bilan faol hamkorlik qilamiz. Biroq men uchun xalqaro hamkorlikning qiymati o‘tkazilgan konferensiyalar soni bilan emas, balki uning haqiqiy islohotlarni amalga oshirishga va biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qay darajada yordam berayotgani bilan o‘lchanadi.

Faoliyatimda «O‘zbekiston–2125» konsepsiyasi alohida o‘rin tutadi. Bu mamlakatning kelgusi yuz yillik rivojlanish yo‘nalishini belgilashga qaratilgan uzoq muddatli qarashdir. Uning asosida samarali davlat boshqaruvi, inson kapitalini rivojlantirish va kuchli

mintaqaviy hamkorlik g‘oyalari yotadi. Katta maqsadlarga balandparvoz bayonotlar bilan emas, balki izchil va puxta o‘ylangan kundalik qarorlar orqali erishiladi.

Mening hayotiy e’tiqodim oddiy: «Meni va boshqalarni baxtli qiladigan ish bilan shug‘ullanaman». Men uchun haqiqiy muvaffaqiyat lavozim yoki mukofotlar bilan emas, balki odamlar hayotini yaxshilaydigan, biznes rivojiga yordam beradigan va mamlakatga foyda keltiradigan yechimlar bilan o‘lchanadi

Kompaniya haqida

OʻZBEKISTON ELEKTRON TIJORAT UYUSHMASI

O‘zbekiston elektron tijorat uyushmasi 2018 yil 31 yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. U raqamli bozor ishtirokchilarini birlashtiradi va davlat bilan muloqotda ularning manfaatlarini himoya qiladi. Tashkilot biznesning tizimli muammolarini aniqlaydi va qonunchilik hamda ma’muriy tartib- qoidalarga o‘zgartirishlar kiritishni taklif etadi. Uning ishtirokida elektron tijoratni rivojlantirish va soliqqa tortishnitakomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilingan. Bugungi kunda Uyushma savdo sohasidagi tizimli islohotlarni va Markaziy Osiyo hamda Kavkazda o‘zaro muvofiq qoidalarni rivojlantirishni ham ilgari surmoqda.

Manzil
Toshkent, Arnasoy ko'chasi, 8
Telefon
(+998) 97 738 13 85
Sayt
www.foyda.me
E-mail
elcom@exat.uz